Kino

“Juda g‘alati ishlar” serialining so‘nggi mavsumi tizeri taqdim etildi

“Juda g‘alati ishlar” serialining so‘nggi mavsumi tizeri taqdim etildi

Netflix striming xizmati mashhur “Juda g‘alati ishlar” serialining beshinchi va yakuniy mavsumiga oid ilk tizerni ommaga taqdim etdi.

Voqealar 1987-yil kuzida, ya’ni to‘rtinchi mavsum voqealaridan taxminan 1,5 yil o‘tib rivojlanadi. Qahramonlar xavfli Veknani topib, uni yo‘q qilish uchun yana birga harakat qiladi. Xoukins shahri esa harbiylar aralashuvi sababli karantin ostiga olinadi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Serialda avvalgi bosh rollarni ijro etgan yulduzlar — Milli Bobbi Braun, Finn Volfhard, Noa Shnapp, Sedi Sink, Devid Harbor, Vaynona Rayder va boshqalar yana ekranda paydo bo‘ladi. Ularga “Terminator” filmidagi roli bilan tanilgan Linda Hamilton ham qo‘shilib, doktor K obrazini yaratadi. Rejissyorlar safida esa Daffer aka-ukalar, Shon Levi, Den Traxtenberg va boshqa taniqli nomlar bor.

Yakuniy mavsum uchta bosqichda namoyish etiladi: 1–4-qismlar 26-noyabrda, 5–7-qismlar 25-dekabrda, so‘nggi epizod esa 31-dekabr kuni efirga uzatiladi. Jami 8 ta qismdan iborat bo‘lib, ularning umumiy davomiyligi 12 soatdan oshadi.