“Kalmar o‘yini” yakunlandi, endi nima bo‘ladi? Amerikancha spin-off haqidagi mish-mishlar va dunyoni ostin-ustin qilgan serial haqida kutilmagan faktlar

Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” seriali nihoyasiga yetdi. Tomoshabinlar dahshatli realiti-eksperiment haqidagi 3-mavsumni muhokama qilayotgan vaqtda, yuzlab insonlar qashshoqlik va qarzlar tufayli umidsizlikka tushib, o‘yinda ishtirok etishga majbur bo‘lishgan, muxlislar esa Seul markazida finalni nishonlashayotgan bir paytda, internetda ushbu serialning davomi haqidagi — ammo bu safar amerikalik versiyasi shaklida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Tafsilotlar, shuningdek, dunyoni ostin-ustin qilgan va virusdek tarqalgan serial haqidagi faktlar — bizning sharhimizda.
“Kalmar o‘yini” davom etadimi? Serialning “amerikancha” spin-offi bo‘ladimi?
Yaqinda “Kalmar o‘yini” amerika versiyasi paydo bo‘lishi mumkinligi haqida gapira boshlashdi. Bunga 3-mavsumning yakuniy sahnasi sabab bo‘ldi, unda voqea kutilmaganda Los-Anjelesga ko‘chdi va ko‘chalarda Gollivud aktrisasi Keyt Blanshett rekryuter qiyofasida paydo bo‘ldi.
Qizig‘i, bu kabi mish-mishlar ilk bor 2023-yilda ham paydo bo‘lgan edi. O‘shanda ham ba’zi manbalar Netflix rejissyorlikni buyuk rejissyor Devid Fincherga topshirmoqchi ekanini bildirgan edi. Biroq, striming bu g‘oyani rasman tasdiqlamadi. Bundan tashqari, original serialning shouranneri Hvan Don-hyok ilgari shunday ma’lumot bergan edi: 3-mavsum — oxirgisi bo‘ladi va u endi loyiha ustida ishlamaydi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
“Kalmar o‘yini” — serial haqidagi faktlar va u qanday qilib dunyoni o‘zgartirdi:
“Kalmar o‘yini” ssenariysi pandemiya tufayli saqlanib qoldi
Hvan Don-Hyok bu hikoyani ilk bor 2008-yil boshlarida o‘ylab topgan, ammo kinostudiyalar uni moliyalashtirishdan bosh tortgan. Ular ssenariyni “og‘ir, grotesk va umuman real hayotga to‘g‘ri kelmaydi” deb baholashgan. Shu sababli ssenariy 10 yildan ortiq vaqt o‘z navbatini kutdi!
Hvan Don-Hyok umidini yo‘qotmagan, chunki u umidsizlikka tushgan kambag‘al inson psixologiyasini boshqalardan yaxshi tushungan: bir paytlar u hatto ssenariy ustida ishlashni to‘xtatgan, chunki holati shu darajada yomonlashganki, eski noutbukini ham sotgan.
Nima bo‘lib, produserlar fikrini o‘zgartirdi va loyiha Netflix’gacha yetib bordi? “Pandemiya global iqtisodiyotga zarba bergach, boylar va kambag‘allar orasidagi tafovut yanada chuqurlashdi. Hatto vaksina ham boylikka qarab tarqatilgan edi. Dunyo ostin-ustin bo‘ldi. Mening hikoyam endi o‘sha oldingi yillardagidek real bo‘lmagan tuyulmay qoldi”, — deydi rejissyor intervyusida.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Kan Se Byok fenomeni — nega u eng sevimli qahramonga aylangan?
Internetdagi fikrlarga qaraganda, tomoshabinlar eng ko‘p mehrni sirli qochoq Kan Se Byokga bildirganlar. Uni model Chong Xo-yon ijro etgan bo‘lib, bu roli uning kino sohasidagi debyuti bo‘lgan. “Kalmar o‘yini” namoyish etilganida, uning Instagram sahifasi @hoooooyeony atigi 400 ming kuzatuvchiga ega edi, ammo bir necha hafta ichida bu raqam 13 millionga yetdi!
Chongning mashhurligi fashion sohasida ham o‘sdi: u Louis Vuitton’dan Miu Miu’gacha bo‘lgan brendlar ko‘rgazmalarida ishtirok etdi, Vogue, Elle, Harper’s Bazaar kabi jurnallarda suratga tushdi. Shuningdek, u “Koreyscha Top-model” realiti-shousida 2-o‘rinni egallagan.
Serialdagi sakkiztalik telefon raqami — haqiqiy!
Eslaysizmi, “Kalmar o‘yini”da eksperimentda ishtirok etish uchun ishtirokchilar vizitkada ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilishlari kerak edi. Biroz vaqt o‘tgach, aniq bo‘ldiki, bu raqam real va u bir koreyalik erkakka tegishli.
Bu qiziqarli fakt faqat serial namoyishidan so‘ng fosh bo‘ldi: koreyalikka minglab odamlar qo‘ng‘iroq qila boshlagan (aniqrog‘i, u har kuni taxminan 4000 ta qo‘ng‘iroq olgan). Erkak shunchaki raqamini o‘zgartirish orqali muammoni hal qilishni istamagan (chunki u bu raqamdan ko‘p yildan beri ish uchun foydalanib kelgan), shuning uchun Netflix ba’zi sahnalarni qayta tahrirlashga majbur bo‘lgan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
1-qismdagi dahshatli robot-qo‘g‘irchoq tirik, lekin bir qo‘lidan ayrilgan
1-mavsum 1-qismidagi barchani qo‘rqitgan robot-qo‘g‘irchoq — real hayotdagi narsa. U Janubiy Koreyaning Chxunchxon-Pukto hududidagi Macha Land ko‘ngilochar bog‘ida joylashgan. Bu ulkan o‘yinchoq muzey kiraverishida turadi. Agar siz Koreyaga borsangiz va uni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz — marhamat.
“Kalmar o‘yini” shourannerlari suratga olish vaqtida eksponatni vaqtincha ijaraga olishgan, lekin darhol uni qaytarib berishgan. To‘g‘ri, suratga olishdan so‘ng qo‘g‘irchoq bir qo‘lidan ayrilgani aytilmoqda. Bu esa: “Kalmar o‘yini” hatto o‘yinchoqlar uchun ham xavfsiz emas ekanini ko‘rsatadi.
“Kalmar o‘yini” dunyo bo‘ylab kiyim-kechak savdosiga ta’sir qilgan
Bu haqda Britaniyaning Lyst kompaniyasi tahlilchilari 2021-yilda ma’lumot bergan. Odamlar serialdagi obrazlarga o‘xshagan kiyimlarni ommaviy tarzda xarid qilishgan. Masalan: oppoq sliponlarga bo‘lgan talab 97% ga oshgan, serial qahramonlari kiygan Vans brendiga esa — 7 800% ga oshgan!
Amazon’da esa odamlar oq-yashil sport kiyimlarini ko‘p xarid qilishgan. Klassik holat esa: “Kalmar o‘yini”dagi kabi kostyumlar 2021-yilgi Hellouinda eng mashhur liboslarga aylangan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Seulda “Kalmar o‘yini”ga bag‘ishlangan tribyut bo‘lib o‘tdi
Serial muxlislari “Kalmar o‘yini” finalidan so‘ng katta parad tashkil qilishdi. Minglab tomoshabinlar Seul markazida uchrashib, 3-mavsum tugashini nishonlashdi. Ishtirokchilar serial qahramonlari kabi yorqin pushti kostyumlar va qora niqoblarda bo‘lishdi. Yurish shaharning asosiy ko‘chalarida o‘tdi va hokimiyat binosi oldidagi maydonda yakunlandi.
Bunga qo‘shimcha ravishda, loyiha mualliflari aktyorlar ishtirokidagi fan-uchrashuv va yopilish marosimini ham tashkil qilishdi: “Kalmar o‘yini” 3-mavsumining so‘nggi qismi aynan o‘sha kuni Netflix’da namoyish etilgan edi.