Kino

“Kalmar o‘yini”ning yakuniy mavsumi Netflix’da rekord o‘rnatdi

“Kalmar o‘yini”ning yakuniy mavsumi Netflix’da rekord o‘rnatdi

Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” teleshousi uchinchi — yakuniy mavsumi ko‘rishlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Chiqarilganidan keyin o‘n kun ichida Netflix foydalanuvchilari yakuniy qismlarni 106,3 million marta tomosha qilishdi. Bu ko‘rsatkichlar Netflix’ning boshqa har qanday serialidan (qaysi tilda bo‘lishidan qat’i nazar) ustun turadi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Yangi “Klamar” shuningdek, ingliz tilida bo‘lmagan eng mashhur ko‘rsatuvlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egalladi (reytingda birinchi va ikkinchi mavsumlar yetakchilik qilmoqda).

Netflix, shuningdek, serialning amerikancha talqini ustida ham ishlamoqda — unga afsonaviy rejissyor Devid Fincher rahbarlik qiladi.