Kino

“Kapitan Amerika” Kris Evans ilk bor ota bo‘ldi

“Kapitan Amerika” Kris Evans ilk bor ota bo‘ldi

Amerikalik aktyor Kris Evans va uning rafiqasi Alba Baptista ilk marta ota-ona bo‘lishdi — juftlikning Alma Greys ismli qizaloq farzandi dunyoga keldi.

G‘arb ommaviy axborot vositalariga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, chaqaloq 24-oktyabr kuni kech soat 11 dan keyin tug‘ilgan.

Baptistaning homiladorligi haqidagi mish-mishlar yoz o‘rtalarida tarqalgan bo‘lsa-da, mashhurlarning hech biri bu xabarni tasdiqlamagan edi. Kris Evans va Alba Baptista o‘z munosabatlarini oshkor qilmay, yetarlicha shaxsiy turmush tarzini olib borishgan.

Sobiq “Kapitan Amerika”ning portugaliyalik aktrisa bilan sevgi munosabatlari 2022-yil oxirida ma’lum bo‘lgan edi. Bir yil o‘tib, sevishganlar Keyp-Kodda maxfiy nikoh marosimini o‘tkazgan.