Kino

“Katta kichik yolg‘on” rasman uchinchi mavsumga ega bo‘ladi

“Katta kichik yolg‘on” rasman uchinchi mavsumga ega bo‘ladi

OAV xabar berishicha, HBO telekanali “Katta kichik yolg‘on” serialining uchinchi mavsumini ishlab chiqishni boshladi.

Ssenariy ustida Francheska Sloun (“Janob va xonim Smit”) ishlamoqda. Nikol Kidman va Riz Uizerspun bosh rollarga qaytib, shuningdek mavsumning prodyuserlari bo‘lishadi. Syujet tafsilotlari va chiqish sanasi hozircha noma’lum.

“Katta kichik yolg‘on” 2017-yilda efirga chiqib, Liana Moriartining shu nomdagi romaniga asoslangan edi. Voqealar kichik Monterey shahrida kechadi. Bir guruh onalar qotillik ishiga aralashib qoladi.

Loyihada shuningdek Laura Dern, Sheylin Vudli, Zoi Kravits, Aleksandr Skarsgard va Meril Strip ham rol ijro etishgan. Shouranner vazifasini Devid E. Kelli (“Amaliyot”, “Orqaga qaytish”) bajargan.