Sport

Keskin qimmatladi: Abbosbek Fayzullayevning transfer narxi maʼlum qilindi

Keskin qimmatladi: Abbosbek Fayzullayevning transfer narxi maʼlum qilindi

Transfermarkt portalining yangilangan maʼlumotlariga koʻra, Fayzullayevning narxi 2 millionga yuqoriladi.

12-dekabr holatiga koʻra “SSKA” va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abbosbek Fayzullayevning transfer qiymati 8 million yevroni tashkil etdi.

Maʼlumot uchun, 10-dekabr kuni Abduqodir Husanovning transfer narxi sezilarli darajada oʻsib 12 million yevroni tashkil qilgan edi. Bu orqali Husanov Oʻzbekistonning eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi.