Keyingi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 15-17-iyun kunlari respublika hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 15-16 iyunda 37-42°, 17 iyunda 38-43° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-6 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 15-16 iyunda 37-42°, 17 iyunda 38-43° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15-16 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38°, 17 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 15-16 iyunda 37-42°, 17 iyunda 38-43° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-16 iyunda kechasi 18-23°, kunduzi 33-38°, 17 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 15-16 iyunda 23-28°, 17 iyunda 25-30° bo‘ladi.