Aloqada bo‘ling

Kianu Rivz farishta rolini ijro etgan “Omad” filmining treyleri e’lon qilindi

Kianu Rivz farishta rolini ijro etgan “Omad” filmining treyleri e’lon qilindi

Lionsgate “Omad” fantastik komediyasining ilk tizer-treylerini taqdim etdi.

Aziz Ansarining (“Hamma narsaga qodir bo‘lmagan usta”) filmi 17-oktyabr kuni kinoteatrlarda namoyish etiladi.

Film frilanser (Ansari) va boyvachchaning (Set Rogen) hayotiga aralashib qoladigan betartib farishta Gabriel (Kianu Rivz) haqida hikoya qiladi. Filmda shuningdek, Kiki Palmer va Sandra O ham rol ijro etgan.

“Omad” Rossiyada namoyish etiladimi yoki yo‘qmi, noma’lum. Rivz yaqin orada “Jon Uik” spin-offi bo‘lgan “Balerina” filmida ekranlarga chiqadi.