Kino

Kianu Rivz “Konstantin 2”ning yangi ssenariysi haqida ma’lumot berdi

Kianu Rivz “Konstantin 2”ning yangi ssenariysi haqida ma’lumot berdi

Kianu Rivz “Konstantin 2” ssenariysining qoralamasini ma’qulladi — ko‘rinishidan, loyiha allaqachon studiya rahbarlariga taqdim etilgan. Aktyor endi loyihaning ishlab chiqarishga aniq yo‘naltirilishiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, “Konstantin” filmining davomiy qismi ssenariysi ilgari Rivzga ma’qul kelmagan edi. Bu haqda Lyutsifer rolini ijro etgan Piter Stromare xabar bergan edi.

Hozirda film ishlab chiqarish bosqichiga o‘tmoqda, biroq hali aniq chiqarilish sanasi belgilanmagan. Shuningdek, prodyuserlarning loyihaga “yashil chiroq” yoqqan-yoqmaganligi ham noma’lum.

2005-yilgi film xuddi shu nomdagi DC komiksiga asoslangan bo‘lib, u narigi dunyo bilan aloqa o‘rnata oladigan medyum Konstantin haqida hikoya qiladi.