Klint Istvud yangi film ustida ishlamoqda
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

“Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan rejissor Klint Istvud navbatdagi kartinani tayyorlamoqda. Bu haqda u yangi intervyusida ma’lum qildi.
“Insonning yoshi o‘tishi bilan faqat yaxshi bo‘la olmasligining hech qanday sababi yo‘q. Bugun esa ko‘proq tajribaga egaman. Albatta, ma’lum yoshda o‘zini yo‘qotib qo‘yadigan rejissorlar bor, lekin men ulardan emasman”, deb ishontirgan Istvud Avstriyaning Kurier nashri bilan suhbatda.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 95 yoshli sahnalashtiruvchi allaqachon noma’lum lentani ishlab chiqarish arafasida. O‘tgan yili Istvud Nikolas Xolt ishtirokidagi “Sudya No2” sud trillerini chiqardi. Film tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi.