Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” dastlabki finalchiga aylandi

AQShning Ruterford shahridagi “MetLife” stadionida Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda Angliyaning “Chelsi” jamoasi Braziliyaning “Fluminense” klubiga qarshi maydonga tushdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida londonliklarning hujumchisi Juao Pedro hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda esa, 56-daqiqada aynan shu futbolchi yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dublga erishdi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va “Chelsi” finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Mazkur g‘alaba evaziga “ko‘klar” musobaqaning dastlabki finalchisiga aylandi. Endi ular 9-iyuldan 10-iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadigan “PSJ” – “Real Madrid” uchrashuvidagi g‘olib bilan hal qiluvchi bellashuvda kuch sinashadi.
Final o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Bu bellashuv “Chelsi” uchun tarixiy imkoniyat bo‘lib, jamoa musobaqada ilk bor chempionlik uchun kurashadi.