Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” finalda “PSJ” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi

2025-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining finalida Angliyaning “Chelsi” hamda Fransiyaning “PSJ” klublari to‘qnash kelishdi. Hal qiluvchi bahs AQShda joylashgan “MetLife” stadionida o‘tkazildi. Uchrashuvda “Chelsi” 3:0 hisobida zafar quchib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Londonliklar bellashuvning birinchi bo‘limidayoq ustunlikni qo‘lga kiritdi. 22-daqiqada Koul Palmer hisobni ochdi, oradan atigi 8 daqiqa o‘tgach, yana Palmer raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 43-daqiqada esa Joao Pedro hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi va “ko‘klar”ning ustunligini mustahkamladi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Ikkinchi bo‘limda “PSJ” hisobni qisqartirishga harakat qildi. Jamoa bir necha xavfli hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, ularning barchasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
O‘yin so‘nggida — 86-daqiqada parijliklar safida Joau Nevesh raqib futbolchisi Mark Kukurelyaning sochidan tortgani uchun maydondan chetlatildi.
Shunday qilib, “Chelsi” ilk bo‘limda kiritilgan gollar evaziga yirik hisobda g‘alaba qozonib, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining yangi formatdagi ilk g‘olibiga aylandi.