Sport

Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Al-Hilol”ga yutqazib, musobaqani tark etdi

Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Al-Hilol”ga yutqazib, musobaqani tark etdi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichi doirasida “Manchester Siti” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoalari o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tdi.

Tomoshabop va gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda “Al-Hilol” 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Angliya klubi esa musobaqadagi ishtirokini shu bosqichda yakunladi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

O‘yin 10-daqiqada Bernardu Silvaning goli bilan boshlandi — “Siti” hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida “Al-Hilol” safida Markus Leonardo javob golini urdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Malkom saudiyaliklarni oldinga olib chiqdi.

55-daqiqada Erling Holand “shaharliklar” safida hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. Asosiy vaqt aynan shu hisobda yakunlandi.

Qo‘shimcha daqiqalarda ham keskin kurash davom etdi. Avval Kalidu Kulibali “Al-Hilol”ni yana oldinga olib chiqdi. 104-daqiqada Fil Foden hisobni uchinchi bor tenglashtirdi. Biroq Markus Leonardo ikkinchi bor gol urib, jamoasiga g‘alaba olib kelgan to‘pni kiritdi — 4:3.

Shu tariqa, “Al-Hilol” chorak final bosqichiga yo‘l oldi, “Manchester Siti” esa turnirni tark etdi. O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov bu uchrashuvda zaxirada qoldi.