Sport

Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 1-tur uchrashuvlari 18-iyun kuni o‘tkazildi.

“G” guruhida “Manchester Siti” jamoasi Marokashning “Vidad” klubiga qarshi bahs o‘tkazdi. Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq hisob ochildi. Fil Foden jamoasining ushbu JCHdagi dastlabki golini urdi.

Oradan 40 daqiqa o‘tgach Doku hisobni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda esa hisob o‘zgarmadi. 88-daqiqaga kelib esa “shaharliklar” himoyachisi Riko Lyuis qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Mazkur bahsda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov maydonga tushmadi.

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati

1-tur

  • “G” guruhi
  • “Manchester Siti” — “Vidad” 2:0
  • Gollar: 1:0 — Fil Foden (2), 2:0 — Jeremi Doku (42).