Krispy Kreme ponchiklar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Birinchi ponchik pishiriqxonasi iyul oyining o‘rtalarida poytaxtdagi Alfraganus savdo markazida ochiladi.
Amerikaning Krispy Kreme ponchiklar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga rasman kirib kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston bo‘yicha franshizaning eksklyuziv huquqqa ega bo‘lgan Food Town Logistics-Group franchayzi Spot’ga ma’lum qildi.
Birinchi yog‘da pishiriladigan kulchalar pishiriqxonasi joriy yilning iyul oyi o‘rtalarida poytaxtdagi Alfraganus savdo markazida bino topshirilgandan so‘ng ochiladi.
Yanvar oyi boshida Krispy Kreme Instagramda o‘z sahifasini ochib, unda birinchi marta O‘zbekistonda “tez orada” ishga tushirilishi e’lon qilindi.