Kino

Kristian Beyl ishtirokidagi “Kelin!” filmining treyleri e’lon qilindi

Kristian Beyl ishtirokidagi “Kelin!” filmining treyleri e’lon qilindi

Warner Bros. Meggi Gillenxolning “Kelin!” filmi uchun ilk treylerini taqdim etdi. “Frankenshteyn kelini” (1935) klassik dahshatli filmining qayta ishlangan varianti 2026-yil 6-martda xorijiy kinoteatrlarda namoyishga chiqariladi.

Voqealar 1930-yillarda kechadi. Frankenshteyn maxluqi (Kristian Beyl) olimdan o‘ziga hamroh va kelin vazifasini bajaradigan umr yo‘ldoshi (Jessi Bakli) yaratib berishini so‘raydi.

Filmda shuningdek, Penelopa Kruz, Annett Bening, Piter Saarsgard, Jeyk Gillenhol, Jon Magaro va boshqalar ham rol ijro etishgan.

Dastlab, film 2025-yil kuzida ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan edi, biroq sinov ko‘rsatuvlarida salbiy fikrlar tufayli sana keyinga surildi.