Kino

Kristofer Nolan AQSH rejissyorlari gildiyasiga rahbar etib saylandi

Kristofer Nolan AQSH rejissyorlari gildiyasiga rahbar etib saylandi

Britaniyalik Kristofer Nolan AQSH rejissyorlar gildiyasi prezidenti lavozimini egalladi. U oxirgi ikki yil davomida tashkilotga rahbarlik qilgan Lesli Glatterning o‘rnini bosdi.

Ta’kidlash kerak, Nolan 2001-yildan beri Gildiya a’zosi hisoblanadi. O‘n yillikning boshida u uning milliy kengashiga a’zo bo‘ldi. Shuningdek, rejissyor zamonaviy kino ishlab chiqarishda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha qo‘mitaning yetakchi vakili hisoblanadi.

Ma’lum qilinishicha, Nolanga raqobatchilar bo‘lmagan. U Amerika rejissyorlar gildiyasining yangi rahbari lavozimiga yagona nomzod edi.

Kelgusi yilda Nolan taxminan 20 ming a’zoni birlashtirgan Gildiya a’zolari uchun yangi mehnat shartlari bo‘yicha muzokaralarda tashkilot nomidan ishtirok etadi.