Kino

Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi suratga olinishi yakunlandi

Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi suratga olinishi yakunlandi

Kristofer Nolan o‘zining yangi “Odisseya” filmini suratga olishni nihoyasiga yetkazdi. Bu haqda World of Reel portali suratga olish jamoasi a’zolaridan biriga asoslanib ma’lum qildi.

Suratga olish ishlari joriy yilning fevral oyida boshlanib, Gretsiya, Italiya, Marokash, Malta va Los-Anjelesda olib borildi. Gomer dostonining ekranlashtirmasida Mett Deymon, Tom Holland, Zendeya, Enn Xeteuey, Sharliz Teron, Robert Pattinson va boshqalar rol ijro etishdi.

Syujet Troya urushidan so‘ng o‘z vatani Itaka oroliga qaytishga harakat qilayotgan shoh Odissey haqida hikoya qiladi.

“Odisseya”ning dastlabki tizeri iyul oyida “Supermen” filmining namoyishlaridan oldin ko‘rsatildi. Internet tarmog‘ida rolik rasman e’lon qilinmadi. Ilgari “Odisseya” chiptalar oldindan sotuvida namoyishdan bir yil avval rekord o‘rnatgan edi. Universal kompaniyasi filmni 2026-yil 17-iyulda xalqaro kinoprokat bozorida namoyish etadi.