Kino

Kventin Tarantino “Kinotanqidchi” filmini suratga olishdan voz kechganini tushuntirdi

Kventin Tarantino “Kinotanqidchi” filmini suratga olishdan voz kechganini tushuntirdi

Rejissor Kventin Tarantino yangi suhbatida ilk bor “Kinotanqidchi” filmining bekor qilinishiga izoh berdi.

Tarantinoning aytishicha, bunga bosh qahramonning “zerikarli kasbi” sabab bo‘lgan:

“Bu o‘zimga o‘zim tashlagan chaqiriq edi... Dunyodagi eng zerikarli kasbni olib, u haqida qiziqarli film suratga ola olamanmi? Tarantinoning har bir filmi ko‘p narsani va’da qiladi, “Kinotanqidchi” bundan mustasno. Axir kim “Kinotanqidchi” deb nomlangan filmni ko‘rishni istardi?”, — deya tushuntirdi rejissyor.

Film haqida dastlab 2023-yil mart oyida ma’lum bo‘lgandi. Syujet pornografik jurnalda ishlaydigan kinotanqidchi haqida hikoya qilishi kerak edi. Voqealar 1970-yillarning oxirida Kaliforniyada kechardi.

Yaqinda Tarantino “Kliff Butning sarguzashtlari” filmining ssenariysini yozdi - bu “Bir paytlar... Gollivudda” filmining spin-offi. Rejissorlik vazifasini Devid Fincher bajaradi, bosh rolga esa Bred Pitt qaytadi. Filmning 2026-yilda Netflix’da namoyish etilishi kutilmoqda.

“Menimcha, biz Devid Fincher bilan eng yaxshi ikki rejissormiz. Devid Fincherning mening filmimni moslashtirish istagi uning mening ishimga bo‘lgan jiddiy munosabatini ko‘rsatadi va buni e’tiborga olish kerak”, — deya yakunladi Tarantino.