Lego One Piece olami bo‘ylab bir qator konstruktorlarni chiqaradi

Serial Eitiro Odaning mashhur mangasining Netflix filmiga asoslangan bo‘lib, 1-avgustdan sotuvga chiqadi.
Lego One Piece olamiga bag‘ishlangan to‘plamlar qatorini rasman e’lon qildi. To‘plamda shouning birinchi mavsumining asosiy sahnalari, qahramonlari va joylarini qayta tiklaydigan jami yettita to‘plam mavjud.
Ular orasida:
- "Shamol tegirmonidagi kulba" (299 ta detal, 30 dollar) - yosh Luffi, Shanks va Makino mini-figuralari bilan Luffi hikoyasining boshlanishi.
- Baggi-masxaraboz sirki (55 dollar) - Baggi, Luffi, Zoro va Nami ishtirokidagi jang sahnasi.
- "Arlong bog‘idagi jang" (80 dollar) - Luffi, Arlong, Usopp, Nami va Chu bilan cho‘zilgan to‘plam.
- "Going Merry" kemasi (140 dollar) - interyer, yelkanlar va butun Somon shlyapa jamoasi bilan jihozlangan kemaning batafsil modeli.
- "Barati suzuvchi restorani (330 dollar, 3402 ta detal) - pirs, restoran qavatlari va Zeffa, Mixauk, Sanji va Garp kabi 10 ta mini-figurali eng katta to‘plam.
Shuningdek, seriyaga "tibi" uslubidagi ikkita BrickHeadz figurasi - Luffi va Baggi (har biri 10 dollar) kiritilgan.
To‘plam yosh muxlislar va kattalar uchun mo‘ljallangan.