Kino

Leonardo DiKaprio karyerasidagi eng katta xatosini aytdi

Leonardo DiKaprio karyerasidagi eng katta xatosini aytdi

Leonardo DiKaprio Esquire jurnalining yangi sonida intervyu berdi. Aktyor butun karyerasi davomida faqat bitta narsadan – Pol Tomas Andersonning “Bugi uslubidagi tunlar” filmida rol olishni rad etganidan afsuslanishini tan oldi.

Taqdirning hazili bilan, DiKaprio bilan suhbatni Andersonning o‘zi o‘tkazdi.

“Eng katta xatoyim “Bugi uslubidagi tunlar”da suratga tushmaganim bo‘ldi. Bu mening avlodim uchun tub burilish yasagan film edi. Men unda Mark [Uolbergdan] boshqa hech kimni tasavvur qila olmayman. Nihoyat, bu filmni ko‘rganimda, uni durdonaga tenglashtirgandim. Bu savolni aynan sen berayotganing kulgili, ammo bu haqiqat”, — dedi DiKaprio.

“Bugi uslubidagi tunlar” 1997-yilda ekranlarga chiqib, Dirk Diggler (Uolberg) taxallusi ostidagi istiqbolli porno yulduzining ko‘tarilishi haqida hikoya qilgan. DiKaprio esa buning o‘rniga Jeyms Kemeronning “Titanik” filmida rol olishni afzal ko‘rgan.

DiKaprio va Anderson birinchi marta “Jangma-jang” filmida hamkorlik qilishmoqda. Film premyerasi shu yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tadi.