Liam Nison ishtirokidagi “Yalang‘och to‘pponcha” filmining treyleri e’lon qilindi

Paramount Pictures “Yalang‘och to‘pponcha” jangari filmining rasmiy treylerini taqdim etdi. Remeykda bosh rolni Liam Nison (“Garovga olingan”) ijro etgan.
Syujet xalqaro fitnani fosh etishi va dunyoni qutqarishi lozim bo‘lgan beso‘naqay detektiv kichik Frenk Drebin haqida hikoya qiladi. Ikkinchi darajali rollarda Pamela Anderson, Pol Uolter Xauzer, Kevin Dyuran va boshqalar suratga tushgan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Filmni Akiva Shaffer (“Chip va Deyl yordamga shoshilyapti”) rejissyorlik qilgan. Ssenariyni Den Gregor va Dug Mand (“Doktor Dulitlning ajoyib sayohati”) moslashtirishgan. Remeyk 1-avgust kuni kinoteatrlarda namoyish etiladi.
“Yalang‘och to‘pponcha” franshizasi 1982-yilda “Politsiya otryadi” seriali bilan boshlangan. Shuningdek, Lesli Nilsen qatnashgan uchta to‘liq metrajli film ham mashhur. Umumiy hisobda, barcha qismlar jahon bo‘ylab 216 million dollar daromad keltirgan.