Lola Ahmedova kutilmagan katta yangilikni eʼlon qildi
                            Muallif: 
            
                                                Shohzamon Shuhratov
                                    
                            
             
            Xonanda Lola Ahmedova namunaviy koʻkrak nishon bilan taqdirlanganini eʼlon qildi. U “Zakovat” oʻyinidagi chiqishida mukofotlandi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu nishon Mustaqil davlat hamdoʻstligi miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovi doirasida taqdim etilgan.
Xonanda “Zakovat” turnirining breyn ring bosqichida chiqish qilib, bir qancha qoʻshiq kuylagan. Unga XDP vakillari tomonidan koʻkrak nishon topshirilgan.
Ahmedova ayni vaqtda bir qancha xalqaro darajadagi musiqiy asarlar ustida ishlayotganini maʼlum qilgan. U tez orada bir qancha premyeralar taqdim etadi.