Aloqada bo‘ling

Lola ashaddiy muxlislari uchun kutilmagan yangilikni e’lon qildi

Xonanda Lola 26-sentyabrdan 30-sentyabrgacha “Xalqlar do‘stligi” saroyida “O‘zicha” nomli konsertini taqdim etadi.

Bungacha Lola tomonidan “O‘zicha” nomi ko‘p bor tilga olingandi. Uning nimaligi esa 4-iyun kuni e’lon qilinishi aytilgandi.

Lola bugun, 9-iyun kuni konsert biletlari sotuvga chiqqanini e’lon qilindi. Hozirda chiptalarni PayMe to‘lov ilovasidan olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Lolaning 2024-yildagi konserti “FTV Music Awards 2024” va “O‘zbegim 2024” taqdirlash marosimlarida yilning eng yaxshi shousi deb topilgan.