Lolaning yangi qo‘shig‘i xit-paradlarni zabt etmoqda
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Mashhur xonanda Lolaning yaqinda e’lon qilingan “O‘zicha” qo‘shig‘i xit-paradlarni egallamoqda. Kompozisiya muxlislar qalbini tez zabt etib, chartlarda peshqadamlikni davom ettirmoqda.
“O‘zicha” chiqarilganining ikkinchi kunidanoq Yandex.Musiqa chartida 15-o‘rinni egallab, yuqori pog‘onalarda mustahkam o‘rnashib oldi. Bu esa qo‘shiqning ommalashganini ko‘rsatmoqda.
Muxlislar qo‘shiqdan hayratda. Ular ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shiq parchalaridan foydalanib, ijodiy roliklar va trendlarni faol yaratishmoqda. Klipni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.