Aloqada bo‘ling

Luiza Rasulova mashinasini g‘ayrioddiy rangga bo‘yatdi

Luiza Rasulova mashinasini g‘ayrioddiy rangga bo‘yatdi

Mashhur aktrisa Luiza Rasulova o‘zining 3-seriyali BMW avtomobilini to‘q qizil rangga bo‘yatdi.

Ushbu ko‘rinishni yaratish ustida 30 nafar mutaxassisdan iborat jamoa mehnat qildi, ish ikki oy davom etdi.

Avtomobilning saloni italyan alkantara terisi bilan bezatilgan bo‘lib, undan sumkacha ham tikilgan.

Natijadan hayratga tushgan aktrisa shunday deb yozdi: “Men lol qoldim, bu barcha kutganlarimdan ham oshib tushdi!”