Luiza Rasulova qachon turmushga chiqishi haqidagi savolga javob berdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Mashhur aktrisa Luiza Rasulova bugun o‘zining Instagram’dagi shaxsiy sahifasida jonli efir o‘tkazib, muxlislarining savollariga javob berdi.
Eng ko‘p berilgan savollardan biri uning shaxsiy hayotiga taalluqli bo‘lib, aniqrog‘i: 30 yoshli san’atkor qachon turmush qurishni rejalashtirmoqda, axir u endi yosh emas-ku? Bunga javoban u hali unchalik katta yoshda emasligini va o‘zi uchun munosib insonni uchratmaganini aytdi.
“Nega men kabi aqlli qiz turmushga chiqmayapti? Demak, hali bunday insonni uchratmaganman. Agar uchratsam, allaqachon turmush qurgan bo‘lardim”, — deya ta’kidladi aktrisa.