Luiza Rasulova tor ko‘ylak kiygan holatda qomatini namoyish qildi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Taniqli aktrisa Luiza Rasulova o‘ziga yarashgan bejirim libosda qomatini namoyish etdi. Video uning Instagramdagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
Joylashtirilgan videoda aktrisa o‘zining nozik qomatini ta’kidlaydigan yopishqoq qora libosda raqsga tushadi. U videoga “Raqsga chorlaydigan kayfiyat” deb nom qo‘ydi.
Tarmoq foydalanuvchilari Luizaning qomatiga qoyil qolishdi. Tanlangan libos va benuqson qomat muxlislar orasida ko‘plab olqishlarga sabab bo‘ldi.