Aloqada bo‘ling

Mads Mikkelsen qutb trilleri “Sirius”ni boshqaradi

Mads Mikkelsen qutb trilleri “Sirius”ni boshqaradi

Daniyalik aktyor Mads Mikkelsen (“Gannibal”, “Ov”) bo‘lajak o‘tkir syujetli “Sirius” filmida bosh rolni ijro etadi, deb xabar beradi Deadline.

Loyiha Kristofer Nolanning (“Qora ritsar”, “Boshlanish”) filmlari montajchisi va "Oskar" mukofoti sovrindori Li Smitning rejissyorlik debyuti bo‘ladi.

Syujetda "Sirius" chang‘i patrulining ikki xodimi Grenlandiyada keskin vaziyat yuzaga kelganidan keyin omon qolishga urinayotgani haqida hikoya qilinadi.

"Sirus" ssenariysini Toni Mosher ("Mexanik: Tirilish") yozgan. "Sirius" qachon chiqarilishiga aniqlik kiritilmagan. Mikkelsen kuzda "So‘nggi viking" komediyasida paydo bo‘ladi.