Aloqada bo‘ling

Magnus Karlsen Norvegiyadagi turnirda o‘yin stolini sindirishiga oz qoldi

Magnus Karlsen Norvegiyadagi turnirda o‘yin stolini sindirishiga oz qoldi

16-jahon chempioni Magnus Karlsen Norvegiya shaxmat turniridagi mag‘lubiyatdan so‘ng hissiyotlarini jilovlay olmadi.

Norvegiyalik futbolchi kecha amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan to‘qnash keldi.

Karlsen xatoga yo‘l qo‘yib, yutqazganini tushunib, birdan stolga qattiq musht tushirdi. Keyin Magnus dik etib o‘rnidan turdi-da, raqibining qo‘lini qisdi.

Shundan so‘ng Karlsen so‘kina boshladi va doskaga donalarni qo‘yishga urindi. 34 yoshli grossmeyster OAV vakillari bilan muloqot qilmasdan zalni tark etgan.