Sport

Mahmud Muradov Oktagon’da vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Mahmud Muradov Oktagon’da vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik yakkakurash ustasi Mahmud Murodov Oktagon 72 turnirida yirik muvaffaqiyatga erishib, vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqa Chexiya poytaxti Praganing gavjum arenalaridan birida bo‘lib o‘tdi. Aralash yakkakurashlar (MMA) bo‘yicha tashkil etilgan Oktagon 72 musobaqasining asosiy janglaridan birida Mahmud Murodov co-main event maqomida oktagonga chiqdi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Bu safar Mahmud mezbon jangchi, tajribali Patrik Kinslga qarshi oktagonda bahs olib bordi. To‘qnashuv Oktagon promoushenining o‘rta vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamariga ega chiqish uchun kechdi va bu jang har ikki sportchi uchun katta ahamiyatga ega edi.

Uch raund davom etgan keskin jangda Mahmud Murodov raqib ustidan to‘liq ustunlik namoyon qildi. Natijada hakamlar bir ovozdan uning g‘alabasini e’tirof etdi va shu tariqa u Oktagon promoushenining o‘rta vazn toifasida vaqtinchalik chempion unvoniga sazovor bo‘ldi.