Makkonaxi ishtirokidagi “Maktab avtobusi” filmi yangi treylerga ega bo‘ldi
                            Muallif: 
            
                                                Shohzamon Shuhratov
                                    
                            
            
            Apple TV+ “Maktab avtobusi” filmining ikkinchi rasmiy treylerini e’lon qildi.
Mettyu Makkonaxi bosh rolni ijro etgan keskin syujetli triller 3-oktyabrda strimingda namoyish etiladi. Voqealar 2018-yilda o‘rmon yong‘inlari avj olgan Kaliforniyada kechadi.
Maktab avtobusi haydovchisi (Makkonaxi) va boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi (Amerika Ferrera) avtobusda qolgan bolalarni qutqarishlari lozim.
“Avtobus” filmining rejissyori Pol Gringrass (Jeyson Born seriyasining muallifi). Filmning jahon premyerasi Toronto kinofestivalida bo‘lib o‘tdi va u yerda tanqidchilarning ijobiy bahosini oldi (Rotten Tomatoes saytida 85% ijobiy baho).