Aloqada bo‘ling

Maktablarda qishki taʼtil qachondan boshlanishi maʼlum boʻldi

Maktablarda qishki taʼtil qachondan boshlanishi maʼlum boʻldi

Taʼtildan soʻng darslar 13-yanvardan davom etadi.

Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi Oʻzbekiston maktablarida qishki taʼtil 29-dekabrdan boshlanishini eʼlon qildi.

Qayd etilishicha, ota-onalar, oʻquvchilar va pedagoglarga qulaylik yaratish hamda oʻquv jarayonlari uzluksizligini taʼminlash maqsadida qishki taʼtil kunlari 2024-yil 29-dekabrdan boshlanib, 2025-yil 11-yanvarga qadar davom etadi.

Bunda maktablarda 2025-yil 11-yanvar (shanba) kuniga belgilangan darslar 2024-yil 28-dekabr (shanba) kuniga oʻtkaziladi hamda oʻquv yilining 3-choragi 2025-yil 13-yanvar (dushanba)dan boshlanadi.