Sport

“Manchester Siti” O‘zbekistondan yana bir futbolchini xarid qilishi mumkin

“Manchester Siti” O‘zbekistondan yana bir futbolchini xarid qilishi mumkin

Angliyaning mashhur futbol klubi “Manchester Siti” O‘zbekistondan yana bir iqtidorli futbolchini o‘z safiga qo‘shishga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, klubga egalik qiluvchi “City Football Group” holdingi O‘zbekistondagi biror jamoani sotib olish rejasini ham ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqida “Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni” munosabati bilan Markaziy Olimpiya qo‘mitasida tashkil etilgan tadbirda MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferidan so‘ng o‘zbek futboliga bo‘lgan e’tibor sezilarli darajada ortgan va hozirda holding O‘zbekistondan yana bir klubni o‘z tarkibiga qo‘shish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Umarovning aytishicha, Husanovning transferi ortidan “Manchester Siti”ga bo‘lgan muxlislar soni 100 milliontaga ko‘paygan. Bu shuni anglatadiki, O‘zbekiston aholisi soni 37–38 million bo‘lishiga qaramay, O‘rta Osiyodagi boshqa mamlakatlardan ham ko‘plab futbol ishqibozlari aynan Husanov tufayli klubni doimiy kuzata boshlagan. Hozirda esa “City Football Group” yana bir o‘zbekistonlik futbolchini va mahalliy klubni o‘z strukturasi tarkibiga qo‘shishni rejalashtirayotgani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, “City Football Group” holdingi BAAlik tadbirkor Mansur Al Nahayonga tegishli bo‘lib, uning tarkibiga quyidagi jamoalar kiradi: “Baia” (Braziliya), “Lommel” (Belgiya), “Nyu-York Siti” (AQSh), “Melburn Siti” (Avstraliya), “Montevideo Siti Torke” (Urugvay), “Jirona” (Ispaniya), “Yokogama Marinos” (Yaponiya), “Trua” (Fransiya), “Mumbay Siti” (Hindiston), “Istanbul Bashakshehir” (Turkiya), “Manchester Siti” (Angliya) va “Chichuan Jyunyu” (Xitoy).