Sport

“Manchester Siti”ning olti futbolchisi jamoada ketishi mumkin. Husanov ketadimi?

“Manchester Siti”ning olti futbolchisi jamoada ketishi mumkin. Husanov ketadimi?

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola joriy yozgi transfer mavsumida tarkibni qisqartirish tarafdori bo‘lib qolmoqda. Bu esa yaqin haftalarda bir nechta futbolchilarning klubni tark etishiga olib kelishi mumkin.

Xabar berilishicha, “shaharliklar” safidan quyidagi olti futbolchining ketish ehtimoli mavjud: Jon Stouns va Niko O’Rayli — himoyachilar, Mateo Kovachich, Ilkay Gundo‘g‘an va Klaudio Echeverri — yarim himoyachilar, shuningdek, hujumchi Oskar Bobb. Klub rahbariyati bu futbolchilarni butunlay sotish yoki ijara asosida boshqa jamoalarga berishni ko‘rib chiqmoqda.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Biroq manbalar norvegiyalik hujumchi Oskar Bobbning jamoani tark etish ehtimolini past baholamoqda. U joriy mavsumda jarohat sabab deyarli maydonga tusha olmagan bo‘lsa-da, so‘nggi yig‘inlarda murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirgan.

Gvardiola tomonidan kutilayotgan bu o‘zgarishlar “Siti”ning yangi mavsumga yangilangan va raqobatbardosh tarkib bilan kirib borishini anglatadi. Klubda ichki raqobatni oshirish va jarohatlarga bardoshli tizim yaratish maqsadida tarkibni qayta shakllantirish rejalashtirilgan.