Aloqada bo‘ling

Marhum qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning qizi otasini “quchoqladi”

Marhum qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning qizi otasini “quchoqladi”

Marhum qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning qizi Madina sun’iy intellekt yordamida otasini “quchoqlash” imkoniga ega bo‘ldi. U bu ta’sirli suratni o‘zining Instagram sahifasiga joyladi.

“Sun’iy intellekt yordamida quchoqlashga muvaffaq bo‘ldim. Buni ta’riflashga so‘z ojiz... tomog‘imga nimadir tiqilib qolganday”, — deya o‘z tuyg‘ularini ifoda etdi Madina.

Eslatib o‘tamiz, Hojiboy Tojiboyev 2008-yil 24-iyul kuni og‘ir xastalikdan so‘ng Toshkentdagi shifoxonada vafot etgan edi. U 53 yoshda edi.