Marvel “Mo‘jiza-odam” serialining treylerini e’lon qildi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Internetda Marvel studiyasi va Disney+ strim-servisining yangi seriali “Mo‘jiza-odam”ning ilk treyleri namoyish etildi.
Syujet Gollivudda o‘z o‘rnini topishni orzu qilgan aktyor Saymon Uilyams (Yahyo Abdul-Matin II) haqida hikoya qiladi. Bir kuni qahramon ion nurlanishiga duchor bo‘lib, g‘ayritabiiy qobiliyatlarga ega bo‘ladi.
Loyihada shuningdek, Ben Kingsley, Ed Xarris, Josh Gad, Zlatko Burich va boshqalar ham ishtirok etgan. Serialning hammualliflaridan biri Destin Daniel Kretton (“Shan-Chi va o‘nta halqa afsonasi”, “O‘rgimchak odam: Mutlaqo yangi kun”) hisoblanadi.
“Mo‘jiza-odam”ning birinchi mavsumida jami sakkizta qism e’lon qilingan. Premyera 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.