Maryam Tillayeva bobosi Islom Karimov haqida video eʼlon qildi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Bloger Maryam Tillayeva bobosi, Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov haqida post joyladi.
Ijodkorning aytishicha, Karimov har doim ishdan yoki xizmat safaridan uyga shosha-pisha qaytib kelgan. U Oʻzbekistonda hammasi yaxshiroq ekanini doim taʼkidlagan.
Maryam endilikda oʻzi ham chet el safarlarida yurganida Oʻzbekistonda hammasi yaxshiroq, mazaliroq ekanini tushunganini qayd etgan. Jumladan, u pomidorlarni solishtirib koʻrgan.
Bundan tashqari, u oʻzbek palovi haqida ham iliq fikrlar bildirgan. “Dunyo oshxonasida oshdan koʻra mazaliroq taom taʼtib koʻramdim”, — deya taʼkidlagan bloger.