Aloqada bo‘ling

Maryam Tillayeva jiddiy murojaat bilan chiqdi

Maryam Tillayeva jiddiy murojaat bilan chiqdi

Bloger Maryam Tillayeva oʻz obunachilariga murojaat yoʻlladi. U firibgarlardan ogohlantirmoqda.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda blogerning nomidan foydalanib, pul soʻrayotgan kiberfiribgarlar koʻpaygan. Ular Maryam nomidan akkaunt ochib, boshqalarga xabar joʻnatadi.

“Barchasi hisobraqamlarim va kartalarim bloklandi. Shu sababdan pul berib tur, deydiganlarga ishonmang. Bularning barchasi yolgʻon. Ogoh boʻling”, — deb taʼkidlaydi bloger.

Izohlarda koʻplab obunachilar yangi sxemadan xabardor ekanini yozib, notanish boʻlganlarga umuman pul oʻtkazmasligini qayd etgan. Ayrimlar xuddi shunday videoni koʻrganini aytgan.