Aloqada bo‘ling

Maryam Tillayeva kuyovini tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi

Maryam Tillayeva kuyovini tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi

Taniqli bloger, O‘zbekiston birinchi prezidentining nabirasi Maryam Tillayeva turmush o‘rtog‘i Arnoni tug‘ilgan kuni bilan ta’sirli tabrikladi.

U Instagram'dagi sahifalarida samimiy murojaatini e’lon qildi. Bu muxlislar orasida qiziqish uyg‘otdi.

“Men bilgan eng teran insonning tug‘ilgan kuni muborak bo‘lsin. Sening hazillaring ma’ruzadan ko‘ra aqlliroq, qalbing esa har bir ishingda va har bir harakatingda ko‘rinib turadi.

Sen betakrorsan”, — deb yozdi bloger va ularning birga tushgan suratini ilova qildi.