Maryam Tillayeva va Yunka “Shunaqa gaplar” trekiga ishlangan klipni taqdim etdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov
Mashhur bloger Maryam Tillayeva Yunka bilan hamkorlikda uzoq kutilgan “Shunaqa gaplar” qo‘shig‘iga klip chiqardi.
Video darhol YouTube`da hitga aylanib, ko‘plab muxlislarning turli-tuman sharhlarini to‘pladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Maryam jamoaga qilgan mehnati uchun minnatdorchilik bildirib, ularning birgalikdagi sa’y-harakatlari rolikni mazmunli va ta’sirchan qilganini ta’kidladi.
San’atkorlar jasur, zamonaviy va nafis obrazlarda namoyon bo‘ldi. Jo‘shqin montaj, yodda qolarli manzaralar va ijrochilarning xarizmasi ushbu klipni kuzning eng yorqin reliziga aylantirdi.