Maryam Tillayeva Yunka bilan duet kuylaganini e’lon qildi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

O‘zbekistonning birinchi prezidenti nabirasi, mashhur bloger Maryam Tillayeva bloger Yunka bilan birgalikda yangi qo‘shiq tayyorlaganini ma’lum qildi.
Ular bu haqda o‘zlarining Instagram sahifalarida xabar berishdi, bu esa obunachilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Qisqa videoda Maryam va Yunka mashinada o‘tirib, bo‘lajak qo‘shiqlaridan parcha ijro etishdi va uni “Shunaqa gapla” 27.09.2025 deb nomlashdi.
Bu yangilik har ikki yulduzning muxlislarini hayajonga soldi va ular qo‘shiqning to‘liq versiyasi chiqishini sabrsizlik bilan kutmoqda.