Aloqada bo‘ling

Maryam Tillayevaga turmush qurishi taklifi berildi

Maryam Tillayevaga turmush qurishi taklifi berildi

Taniqli bloger, O‘zbekiston birinchi prezidentining nabirasi Maryam Tillayeva o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida sevgilisi Arnoga turmushga chiqayotgani haqidagi xushxabar bilan bo‘lishdi.

Maryam o‘z akkauntida Arnoning go‘zal dengiz qirg‘og‘ida qilgan romantik taklifiga ishora qiluvchi uzukli fotosuratlarni joylashtirdi. Suratlarga ko‘ra, atmosfera haqiqatan ham o‘ziga xos va unutilmas bo‘lgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maryam Tillayeva bloger Amiran Sardorov bilan turmush qurgandi. Biroq ularning nikohi bir yildan kamroq davom etdi va 2022-yil fevral oyida juftlik ajrashganini e’lon qildi.

Endi esa Maryamning muxlislari Arno bilan bo‘lajak to‘y tafsilotlarini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Juftlik to‘y haqida hozircha rasmiy ma’lumot e’lon qilgani yo‘q. Marosim kuzda bo‘lishi mumkin.