“Materialistka” 100 million dollar ishlab topdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov
Deadline nashrining xabar berishicha, “Materialistka” romantik dramasi jahon miqyosidagi daromadi 100 million dollar chegarasini rasman oshib o‘tdi.
Loyiha A24 studiyasi tarixida “Hamma narsa hamma joyda va bir vaqtning o‘zida” hamda “Imperiyaning qulashi” filmlaridan keyin eng ko‘p daromad keltirgan uchinchi film bo‘ldi.
Selin Sonning (“O‘tmish hayotlar” filmi rejissyori) yangi asari iyun oyida ekranlarga chiqdi va AQShda 36,5 million dollar, xalqaro miqyosda esa 64,8 million dollar yig‘di.
Filmda bosh rollarni Dakota Jonson, Kris Evans va Pedro Paskal ijro etishgan. Syujet jozibador boyva sobiq sevgilisi o‘rtasida tanlov qilishi kerak bo‘lgan Lyusi ismli sovchi ayol atrofida rivojlanadi.