“Materialistka” muallifi kibersport haqidagi serial ustida ishlamoqda
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

“Oskar”ga nomzod Selin Son (“O‘tmishdagi hayotlar”, “Moddiyunchi”) kibersport olami haqida yangi loyiha — dramatik serial tayyorlamoqda.
Damage (tarj.) deb nomlangan shou HBO telekanalida efirga uzatiladi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Syujetga ko‘ra, iqtidorli geymer professional kibersport jamoasiga qo‘shiladi. Qizni keksa o‘yinchi qanoti ostiga oladi. Har ikki qahramonni ham fojiali o‘tmish bog‘lab turadi.
Shou prodyuserlaridan biri Kreyg Mezin (“Birimiz”, “Chernobil”) bo‘ladi. Ishlab chiqarish bilan A24 studiyasi shug‘ullanadi.