Mayamidan ham issiqroq: O‘zbekistonda haftalik ob-havo va Zara’dan har kun uchun 7 ta obraz

Yozning yarmi ortda qoldi, biz esa shu yilgi yoz fasli issiq, quyoshli va odatdagidek yog‘ingarchiliksiz bo‘lganini yana bir bor guvohi bo‘lmoqdamiz. O‘zbekistonda har yili yoz fasli shunday o‘tadi. Siz dam olish kunlari, ta’til yoki ish kunlarida tabiat qo‘yniga chiqishlarni rejalashtirayotgan bir paytda, Masha Zara do‘konini “bo‘shatishda” davom etmoqda — chunki u yerda har kuni kiyish uchun juda zo‘r obrazlar bor! Havolalarni saqlab qo‘ying, jazirama yozda ham ajoyib ko‘rinishga yordam beradigan har kungi obrazlarimiz sizga manzur bo‘lishiga aminmiz.
Toshkentda 21-27-iyul kunlari uchun haftalik ob-havo prognozi
21-iyul
Haftaning birinchi kuni ertalabdan boshlab quyosh nurlari va tashqaridagi +29 bilan quvontiradi. Kunduzi harorat ancha ko‘tariladi: +39! Kechga borib +35 gacha pasayadi.
Mashada:
22-iyul
Seshanba haftaning eng issiq kuni bo‘ladi. Agar o‘zingizni skovorodkadagi tuxumdek his qilmoqchi bo‘lmasangiz, eng yengil yozgi kiyimni tanlang: kunduzi +41, kechasi +37 va kun davomida Mayami uslubidagi quyosh ostida qulay bo‘ladigan kiyimlaringizni kiyishga harakat qiling.
Mashada:
23-iyul
Haftaning o‘rtasi va yana quyoshli kunlar avjida: ertalab +34, kunduzi +39, kechasi +35. SPF krem, bir butilka suv, panama va a’lo kayfiyat — bu issiqda omon qolish qo‘llanmasi ana shulardan iborat.
Mashada:
24-iyul
Payshanbaga issiq va ishdan charchagan nigoh bilan qaramang — dam olish kunlari yaqinmoqda. Quyoshdan konditsioner tagida yashiring, chunki kunduzi yana +39, sayrga esa faqat kechasi chiqamiz — hech bo‘lmaganda +34 darajada.
Mashada:
25-iyul
Barcha ishlaydiganlar hayotidagi kichik bayram — juma kuni ham keldi! Trendda bo‘lgan eng zamonaviy ko‘ylakda shinam kechki ovqatlanishga chiqishning ayni vaqti. Kun davomida harorat +39, kechqurun esa +34.
Mashada:
26-iyul
Shanba tongidanoq hammomdek issiq bo‘ladi: +41 sizni havzaga, basseynga yoki kamida dush tagiga qarab undaydi. Qaysi birini tanlaysiz — o‘zingizga havola, axir kechasi ham havo issiq: +35.
Mashada:
27-iyul
Haftaning oxirgi dam olish kunini tashqarida: bog‘da, akvaparkda, hovlida yoki bozorda o‘tkazamiz. Chunki bu — an’ana. Toshkentda havo harorati o‘zgarmayapti: kunduzi +39, kechqurun +35.
Mashada: