Messi penaltisiz gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zdi

Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi yetakchisi Lionel Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha yangi natijaga erishdi. 38 yoshli futbolchi bu borada portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.
20-iyul kuni MLS doirasida “Inter Mayami” va “Nyu-York Red Bullz” jamoalari bahs olib bordi. Unda Messi jamoasi raqib ustidan yirik – 5:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda argentinalik forvard ikki gol urdi va bir assistni amalga oshirdi. Har ikki gol ham o‘yindan kiritildi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Shu tariqa, Messining penaltisiz gollari soni 764 taga yetdi. Ronalduda esa bu ko‘rsatkich 763 ta golni tashkil etadi. Bu orqali Messi penaltisiz gollar soni bo‘yicha futbol tarixidagi eng samarali o‘yinchiga aylandi.
Umumiy gol statistikasiga ko‘ra, Messi faoliyati davomida 1114 ta o‘yinda maydonga tushib, 874 gol urgan. Shundan 110 tasi penaltilar orqali kiritilgan. Krishtianu Ronaldu esa 1281 ta o‘yinda 938 ta gol muallifiga aylangan, ularning 175 tasi 11 metrlik nuqtadan amalga oshirilgan.