Mettyu Perrining shifokori uning o‘limida o‘zini aybdor deb tan oldi

“Do‘stlar” seriali yulduzi Mettyu Perri ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisida uning shaxsiy shifokori Salvador Plasensiya aktyorning vafotidan oldin uni giyohvand moddalar bilan ta’minlaganini e’tirof etdi.
Ba’zida Plasensiya Perrining hovlisiga shaxsan tashrif buyurib, taqiqlangan moddani o‘zi in’ektsiya qilardi. Bularning barchasi, tabiiyki, tibbiy ko‘rsatmalarsiz amalga oshirilgan. Bir safar shifokor Los-Anjelesdagi avtoturargohlarning birida aktyorning mashinasida unga giyohvand modda yuborgan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Huquq-tartibot idoralari qo‘liga tushgan yozishmalarda Plasensiya hamkasblari bilan Perrining giyohvand moddalarga qaramligidan foydalanib boyish imkoniyatlarini faol muhokama qilgani aniqlangan.
Hozirda shifokorga to‘rtta modda bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Unga 40 yilgacha ozodlikdan mahrum etilish va 2 million dollar jarima solish xavfi tahdid solmoqda.