Aloqada bo‘ling

Metyu Makkonaxi ishtirok etgan “Yo‘qolgan avtobus” filmi tizeri e’lon qilindi

Metyu Makkonaxi ishtirok etgan “Yo‘qolgan avtobus” filmi tizeri e’lon qilindi

Apple TV+ studiyasi Metyu Makkonaxi bosh rolni ijro etgan “Yo‘qolgan avtobus” nomli triller filmining tizerini taqdim etdi. Film haqiqiy voqealarga asoslangan.

Syujet markazida o‘rmon yong‘ini paytida bolalarni qutqarishga harakat qilayotgan haydovchi va o‘qituvchi turibdi.

Filmni Pol Gringrass rejissyorlik qilgan. Makkonahining ekrandagi hamkori Amerika Ferrera bo‘ldi.