Milli Bobbi Braun Jiya Koppolaning yangi filmida rol o‘ynaydi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

“Juda g‘alati voqealar” seriali yulduzi Milli Bobbi Braun Jiya Koppolaning (“Palo Alto” filmi rejissyori) yangi loyihasida bosh rolni ijro etadi.
Film Olimpiada chempioni va gimnastikachi Kerri Stragning shakllanish jarayoni haqida hikoya qiladi.
Hozirgi paytda Netflix rahbariyati ushbu filmga bo‘lgan huquqlarni sotib olishga urinmoqda. Suratga olish ishlari kelasi yilning o‘rtalarida boshlanishi rejalashtirilgan.
O‘tgan asr oxirida Kerri Strag 1996-yilda Atlantada o‘tkazilgan Yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medal qozongan “Ajoyib yettilik” jamoasining a’zosi bo‘lgan.